B Seriyadan A Seriyaga chiqqan ilk jamoa ma'lum

Khoja
14 apr 2025, 10:20
Italiyaning ikkinchi kuchli divizionida to'p surayotgan Sassuolo joriy mavsum yakunidan so'ng A Seriyaga qaytadi.

B Seriyaning 33-turida Sassuolo Speciya bilan durang o'ynadi va bu orqali o'ziga A Seriya yo'llanmasini naqd qildi.

Shu tariqa, chempionat yakuniga 5 tur qolganida musobaqa jadvalining 3-o'rnida ketayotgan Speciya matematik jihatdan Sassuologa eta ololmaydi.

Ma'lumot uchun, Sassuolo bir yildan so'ng yana A Seriyaga qaytdi. Jamoa o'tgan mavsum A Seriyada 19-o'rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com