"Borussiya" elektromobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025, 22:33
Dortmundning "Borussiya" klubi Shvetsiyaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Polestar bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Kompaniya logotipi jamoa futbolkalarining englarida, shuningdek, mashg'ulot kiyimlarida hamda stadion va uning atrofidagi reklama yuzalarida aks ettiriladi.

Klub futbolchilar, rahbariyat va klub mutasaddilari foydalanishi mumkin bo'lgan 60 ta mashinadan iborat parkka ega bo'ladi.

Hamkorlik "Borussiya"ga yiliga taxminan 5 million evro olib keladi. Bonuslar bilan umumiy summa 15 million evrodan oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild