“Borussiya D”ning 3 futbolchisi “Bavariya”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
6 mar 2021, 01:45
Germaniya chempionati 24-turidan o'rin olgan “Bavariya” hamda “Borussiya D” o'rtasidagi bahs 6 mart kuni soat 22:30 da boshlanadi.

Dortmundliklar matbuot xizmati xabar berishicha, bo'lajak uchrashuvda Jovanni Reyna, Rafael Gerreyro va Jeydon Sancho jamoaga yordam berolmaydi.

Myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida 52 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda. “Arilar” esa 39 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de