"Borussiya D" Yarmolenko uchun e'lon qilinganidan ko'proq to'lagan ekan

Aziz Tukhtamuradov
9 okt 2017, 21:28
Germaniyalik jurnalist Uli Raytinger "Borussiya D" yozda Andrey Yarmolenko uchun 30 million evro to'laganini ma'lum qildi.

Avvalroq, uning 25 million evro evaziga dortmundliklar safiga ko'chib o'tgani haqida xabar qilingandi.

Shu tariqa, Andrey ukrain futboli tarixida eng qimmat futbolchiga aylanib oldi. U ushbu ko'rsatkich bo'yicha 2009 yilda "Barselona"ga 25 million evro evaziga ko'chib o'tgan Dmitriy Chigrinskiyni ortda qoldirdi.

Ratinger debyutidayoq 2ta gol va 3ta golli pas muallifiga aylangan Yarmolenko uchun to'langan ushbu 30 millionni "ko'p emas" deb hisobladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: DPA