"Borussiya" D navbatdagi transferni e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
22 may 2019, 14:23
Dortmundning "Borussiya" klubi yana bir xaridni amalga oshirdi.

Dortmundliklar Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azarni sotib oldi. Azar hamda nemis klubi o'rtasida 5 yillik bitim imzolandi.

Torgan Azar so'nggi mavsum Bundesliganing 33ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.


Eslatib o'tamiz, "Borussiya" Torgan Azargacha "Xoffenxaym" himoyachisi Niko Shulcni sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: bvb.de