"Borussiya D" futbolchisi "Spartak" klubiga o'tdi

31 iyul 2019, 20:15
Germaniyaning "Borussiya D" klubi yarim himoyachi Andre Shyurrleni Moskvaning "Spartak" klubiga ijaraga berdi.

Endi 28 yoshli futbolchi yangi mavsumni moskvaliklar safida o'tkazadi. Uning Transfermarket dagi bahosi 12 mln evroni tashkil qiladi. 

Avvalroq, uning transfer narxi 3.5 mln evro bo'lishi aytilgandi. 

Germaniyalik futbochli yakunlangan mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazdi. U 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia