“Borussiya D” Bundesligada antirekord qo'ydi

Eldor Akmurzayev
21 avg 2022, 09:25
Germaniya chempionati 3-turida “Borussiya D” “Verder” bilan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, yakunda mag'lubiyatni qabul qildi.

Bundesliga tarixida ilk bor 89-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa raqibga yutqazdi. Bremenliklar 89, 90+3 hamda 90+5-daqiqalarda dortmunliklar darvozasini ishg'ol etib, qoyilmaqom g'alabaga erishdi.

“Borussiya D” safida Yulian Brandt va Rafael Gerreyru gol urgan bo'lsa, “Verder”dan Li Byukenen, Niklas Shmidt hamda Oliver Berk to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru