
Oldinroq, ushbu portlash tashkilotchisi sifatida rossiyalik shaxs ayblanayotgani e'lon qilingan edi. U kredit evaziga klubning katta miqdoridagi akciyasini sotib olgan va ushbu portlash ortidan bir necha million ishlab olmoqchi bo'lgan. Akciyaning bozor narxi tushishi ortidan akciya egasi foyda olishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, jinoyatchi 3,9 mln. evrogacha mablag' ishlab olmoqchi bo'lgan, ammo buning uchun futbolchilar jiddiy jarohat olishi va bazilari vafot etishi kerak edi. Biroq faqat himoyachi Mark Bartra qo'lidan jarohat oldi.
11 aprel kuni "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi oldidan "Borussiya" avtobusi yonida portlash yuz bergan.