Borussiya – Augsburg. Blashchikovski og'ir jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2014, 23:56
Dortmundning Borussiya klubi yarim himoyachisi Yakub Blashchikovski Germaniya bundesligasi 18-turida Augsburgga qarshi o'yinda (1:1) jarohat oldi.
Polshalik futbolchi o'yinning 6-daqiqasidayoq jarohat tufayli maydonni tark etdi. Uni o'rnini Per-Emerik Obameyang egalladi.

Dastlabki taxminlarga ko'ra, Blashchikovskida tizzaosti paylarining uzilishi kuzatilgan.

Borussiya safida jarohat olgan Neven Subotich, Mats Xummels va Ilkay Gyundogan kabi futbolchilar qatoriga Yakub ham qo'shildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru