"Bornmut" himoyachisi "Liverpul" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda

Alisher
30 iyul 2020, 13:30
Lloyd Kelli "Enfild"ga yo'l olishi mumkin.

"Liverpul" "Bornmut" himoyachisi Lloyd Kellini bo'lajak transferlar oynasida xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar 21 yoshli angliyalik futbolchini "Zenit"ga yo'l olgan Deyan Lovrenga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Kelli deyarli butun mavsumni jarohati tufayli o'tkazib yubordi. Futbolchi "Bornmut" safida APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Express