"Boka Xuniors" prezidenti: "De Rossi 99 %ga bizning o'yinchimiz"

Alisher
20 iyul 2019, 13:15
"Boka Xuniors" prezidenti Daniel Anxelichi italiyalik yarim himoyachi Daniele de Rossi uning klubiga o'tishiga ishonchi komil.

"De Rossi yaqin kunlarda bizning klubimizga o'tadi. U "Boka"ga o'tishni xohlamoqda. Burdisso bilan ham ko'p gaplashdik. Men ayta olamanki, u 99 foizga bizning o'yinchimiz", - deydi Anxelichi.

De Rossiya allaqachon Buenos-Ayres klubi bilan shartnoma shartlarini shaxsan kelishib oldi.

Eslatib o'tamiz, De Rossi o'zining butun faoliyati davomida "Roma" sharafini himoya qilgan.

Afsona "Roma" libosida oxirgi marta 26 mayda Italiya chempionati doirasidagi "Parma"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AFP