

Barchaga Assalomu alaykum. Jamoamiz Pro liganing birinchi davrasini uchinchi o'rinda yakunladi. Bu o'rin nafaqat qo'qonlik muxlislarga, balki bizga ham yoqmayapti.Bazi o'yinlarda bizga omad yetishmadi, bazida esa bizga barqarorlik yetishmadi. Menimcha, birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar bizga dars bo'ldi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni shunga qarab boshladik.
Tayyorgarlikning birinchi qismida Toshkent viloyatining tog'li hududida asosan jismoniy holatni mukammal holatga keltirish uchun harakat qildik. Yig'in davomida jamoa vakillari ajoyib sharoit yaratib berishdi va biz ham shunga yarasha a'lo tarzda tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Qo'qonda boshlagan yig'inda esa biz asosan taktika va texnikaga ishlamoqdamiz. 2-davra boshlangunga qadar barcha futbolchilar maksimal shay holatda bo'ladi deb umid qilaman.
Jamoamizning jonkuyar ashaddiy va sodiq muxlislariga oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman. Xudo xohlasa, 2-davrada g'alabalarimiz va yil yakunida Super liga yo'llanmasi bilan ularning kayfiyatini yanada ko'tarishga biz futbolchilar borimizni berishga tayyormiz,-deb fikrini yakunladi jamoamiz yetakchilaridan Boburjon Akbarov.


