Boburjon Akbarov: "Barchadan uzr so'rayman"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2020
"Bunyodkor" bilan o'yinda avtogol muallifiga aylangan "Qo'qon-1912" himoyachisi Boburjon Akbarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Assalomu alaykum, "Qo'qon -1912" klubining barcha xodimlari, murabbiylar va futbolchilar, hamda aziz muxlislar! Barchangizdan ming bor uzr surayman. Jamoamiz bugungi o'yinda yutishini va 3 ochkoni qo'lga kiritishimizni juda ham xohlagandim. Yurtimizdagi holatni tushungan holda rahbarlarimiz hamda muxlislarimizning kayfiyatini kutarish uchun ham maydonga g'alaba ilinjida tushgandik, afsus uddasidan chiqolmadik. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda o'z yutuqlarimiz bilan barchani kayfiyatini ko'tarishga harakat qilamiz. Barcha-barchadan yana bir bor uzr surab qolaman!", - deydi Boburjon Akbarov.


Boburjon Akbarov 3-raqamda


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати