

- Biz alohida jihatlar ustida qattiq ishlashimiz zarur. Himoyalanishda butun jamoa bo'lib harakatlanishga urg'uni qaratmog'imiz lozim. Bu hujum chizig'idagilarga tegishli. Agarda butun jamoa bo'lib himoyalanishni yo'lga qo'ymasak, Yevropa chempionatida muammolarga duch kelamiz. Raqib hujum qilayotganda faqat himoya vakillari ter to'kishsa, unda har bir himoyachi yomon ko'rinadi. Bu juda muhim. Shuningdek, standart vaziyati paytida ham sergak bo'lish kerak.



