Boateng "Bavariya" futbolchilarini "Gamburg"ga qarshi bor kuch bilan o'ynashga chaqirdi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 17:43
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng o'z jamoadoshlarini "Gamburg"ga qarshi bor kuch bilan o'ynashga chaqirdi.

"Karlsrue"ga qarshi bahsda biz har bir kurashda mag'lub bo'ldik. Raqibga juda ko'p imkoniyat berdik. Endi raqibga past baho berish yaramaydi" - deydi Boateng.

Oldinroq "Bavariya" o'rtoqlik uchrashuvida "Karlsrue"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

"Gamburg" - "Bavariya" bahsi 22 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker