Blind "Bavariya"da 2-2.5 mln evro maosh oladi. Uning transferi tekin bo'ladi

Administrator
5 yanv 2023
Futbolchining nemis klubiga o'tishi ma'lum bo'lgandi.

Sky Sport Deutschland nashri "Bavariya" nima uchun Deyli Blindni o'z safiga qo'shib olayotgani haqida ma'lum qildi.

Nashrning yozishicha, Blind bir necha poziciyalarda o'ynay (qanot va markaziy himoya, tayanch zonasi) oladi. Bundan tashqari futbolchi nemis tilini biladi va liderlik hislatlariga ega. Yana bir jihati, Blind "Bavariya"ga tekinga tushmoqda. Klub Deyli Blindni Alfonso Devisga dam berish uchun qisqa vaqtli echim sifatida ko'rmoqda. 

Futbolchi "Bavariya"da 2-2.5 million evro maosh oladi. Ertaga Blind "Bavariya" bilan Doxaga uchib ketadi. 


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland