"Ayaks" Blindning ketganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
27 dek 2022
"Ayaks" matbuot xizmati Deyli Blind jamoani tark etganini e'lon qildi.

Klub va 32 yoshli futbolchi o'rtadagi shartnomani bekor qilishgan. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi to'satdan jamoadan kyetishni istab qolgan.

Blind "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008-2014 hamda 2018-2022 yillar davomida jamoa tarkibida 333 o'yinda qatnashib, 13 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal