Blez Matyuidi: "Ronaldu hech qachon to'ymaydi"

8 iyun 2019, 20:20
"Yuventus" yarim himoyachisi Blez Matyuidi Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Har kuni tinimsiz ishlaydigan Krishtianu Ronalduning jamoaga kelib qo'shilishi sizga ko'p tanlov qoldirmaydi. U hammasini yutib bo'lgan. Agar bizdan kimdir hamma sovrinlarni yutgan bo'lsa: "Yana nimadir qoldimi?" qabilida so'raydi. 

Lekin faqat Ronaldu emas. U har doim ko'prog'ini yutishni xohlaydi va hech qachon to'ymaydi. Mashg'ulotlarda g'alaba qozonishni istaydi. Yutkazib qo'ysa, hech qachon qoniqmaydi. Men yolg'on gapirmayapman", - deya fikr bildirdi Blez Matyuidi.

O'xshash yangiliklar


Manba: juvenews.eu