Blatter jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishi g'oyasini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2016, 16:41
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni oshirilishi g'oyasini tanqid qildi.

Oldinroq FIFA yangi rahbari Janni Infantino JCH qatnashchilari soni 32 tadan 40 taga yetishini qo'llab-quvvatlagan edi.

"Fikrimcha, 32 ta bo'lib qolgani yaxshi. Bu tizim sinalgan. Ushbu g'oya Infantinoga ovozlar olib keldi? Unda keyingi nomzod jamoalar sonini 44 taga shirishi kerak ekanligini aytadimi, qani chegara? Tennisdagidek o'ynasa ham bo'ladi - 128 jamoa bilan. Olimpiya tizimi bo'yicha. Bu haqiqatdan ham ajoyib bo'lardi" - deydi Bletter.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Blick