"Biz u bilan yana bog'lanamiz". Mareska Mudrikning diskvalifikaciyasiga izoh berdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025, 13:34
"Chelsi" bosh murabbiyi antidoping qoidalarini buzganlikda ayblangan ukrainalik futbolchi Mixaylo Mudrik haqida gapirdi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Chelsi" vingeriga nisbatan rasmiy ayblov e'lon qildi. U 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

"Men Misha bilan Polshada Konferenciya Ligasi finalida o'ynaganimizda gaplashganman. O'shandan beri u bilan suhbat qurganim yo'q. Yangiliklarni o'qimadim, lekin menga bu haqda aytishdi. U bilan oxirgi marta gaplashganimda unda xavotir ko'rmagandim, lekin biz u bilan albatta bog'lanamiz", – dedi mutaxassis.

Mudrikning doping-testi o'tgan yil oxirida musbat chiqqandi. Shundan so'ng futbolchi vaqtinchalik o'yinlardan chetlashtirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN