"Biz siz va butun dunyo uchun ibodatdamiz" - Tojikistonda 3-tur mana shunday akciya bilan boshlandi

Xayrulla Xoliqov
19 apr 2020, 11:25
Kecha Tojikiston chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start berildi.

"Dushanbe-83" va "Fayzqand" o'rtasidagi bahsda hisob ochilmagan bo'lsa, "Regar-TadAZ" o'z maydonida "Istaravshan"ni qabul qilib 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. 

Har ikki o'yindan oldin futbolchilar butun dunyoni xavotirda ushlab turgan koronavirusga qarshi akciyada ishtirok etishdi. Jamoa a'zolari bir bo'lib "Kuchli qoling, qardosh millatlar - Rossiya, O'zbekiston, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston, Afg'oniston. Biz siz va butun dunyo uchun ibodatdamiz" deb yozilgan banner fonida suratga tushishdi.

 

Bu bilan Tojikiston koronavirusga qarshi kurash olib borayotgan qardosh o'lkalarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Tojikiston chempionatining 3-turidan o'rin olgan yana ikkita bahs bugun o'tkaziladi. Turning oxirgi o'yini 22 aprel kuni bo'lib o'tadi. 


Tojikiston chempionati. 3-tur

18 aprel

"Dushanbe-83" - "Fayzqand" 0:0

"Regar-TadAZ" - "Istaravshan" 4:1

Gollar: Sherzod Maxamadiev (1, 51), Dilovarsho G'aniev (59, 66) - Ilxomjon Barotov (37). 


19 aprel

SSKA - "Lokomotiv-Pomir"

"Istiqlol" - "Xatlon"


22 aprel

"Ko'ktosh" - "Xo'jand"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia