Birodarlik kubogi. SSKA Serbiya klubini yirik hisobda mag'lub etdi,Fayzullaev uchrashuvdagi ilk golni urdi

Khoja
5 iyul 2024, 08:35
SSKA klubi yangi mavsum oldidan o'tkazilayotgan Birodarlik kubogida dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.

Moskva klubi Serbiyaning OFK Belgrad jamoasiga qarshi saf tortib, muxlislari qarshisida yirik g'alabaga erishdi – 4:0. Mezbonlarning birinchi goliga Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.

Ushbu bahs o'rtoqlik maqomida bo'lgani sababli moksvaliklar ustozi Abbosni ikkinchi bo'lim boshida zaxiraga oldi.

Birodarlik kubogi. 1-tur. 4 iyul

SSKA – OFK Belgrad (Serbiya) – 4:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – Fayzullaev (35), 2:0 – Gayich (48), 3:0 – Diveev (54), 4:0 – Bistrovich (94).

SSKA: Akinfeev (Pomazun, 46), Gayich (Xelven, 53), Diveev, (Ryadno, 61) Rosha (Agapov, 61), Moyzes (Lukin, 61), Krugovoy (Rivandi, 61), Zdelar (Bistrovich, 61), Oblyakov (Kislyak, 61), Fayzullaev (Musaev, 46, Krasich, 89), Jemaletdinov (Glebov, 46, Shumanskiy, 89), Chalov (Gaych, 61, Yakovlev, 89).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com