Birinchi o'yindan mojaro. Afg'onistonliklar Qirg'izistonga qarshi bahsda o'yin tugamasidan maydonni tark etishdi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2023, 22:09
"CAFA Nation's Cup" musobaqasining ilk o'yinida mojaro sodir bo'ldi.

Qirg'iziston hamda Afg'oniston o'rtasidagi uchrashuvga hakam 7 daqiqa qo'shib bergan edi. Qirg'izistonliklar 90+5 daqiqada gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Shundan so'ng afg'onistonliklar maydonni tark etishdi.

Ma'lum bo'lishicha, Afg'oniston terma jamoasi vakillari gol urilayotgan vaqtda Qirg'iston terma jamoasi vakili to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisoblashdi.


Afg'onistonliklar maydoga qaytmaganidan so'ng bosh hakam o'yinni yakulanganini bildiruvchi xushtakni chaldi. Vaziyat aks etgan VIDEOni TELEGRAM kanalimizdan topishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia