

Pro liga uchun kurashayotgan “Shahrixonchi” klubi kutilmaganda o'z maydonida “Do'stlik-Toshkent”ga yutqazib qo'ydi, - 0:2. Samarqandda esa “Yunired” klubi “Andijon II”ni qabul qildi va 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Pro liga uchun kurashayotgan yana bir klub “Paxtakor-79” esa “Do'stlik-Oltiariq” maydoniga safar uyushtirdi va 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritib, turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
Peshqadam “Navbahor-FARM” markaziy o'yinda “Aral” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Birinchi liga, 21-tur
Yunired - Andijon II - 1:0
Gol: Sayyod Davronov, 90 (1:0)
Chetlatish: Aziz Usmonov, 70 (qizil kartochka), Fazliddin Zuhriddinov, 90+4 ikkinchi sariq (ikkisi ham Andijon II)
Do'stlik-Oltiariq - Paxtakor-79 - 0:2
Gollar: Akbar Xoldorov, 41 (0:1), Julius Anani, 90+3 (0:2)
Amalga oshirilmagan penalti: Rahmattilo O'ktamov, 14 (pen)
Shahrixonchi - Do'stlik-Toshkent - 0:2
Gollar: Abdulaziz Rahimov, 17 (0:1), Abdulaziz Rahimov, 45 (0:2)
Qumqo'rg'on - Nasaf-FARM - 1:0
Gol: Saidaziz Samadov, 38 (1:0)
Navbahor-FARM - Aral - 1:1
Gollar: Shamsiddin Sagdullaev 33 (0:1), Humoyun Sodiqov 83 (1:1)
Chetlatish: Bekzod Tursunov 64 ikkinchi sariq, Azamat Allaniyozov 89 (qizil kartochka, ikkisi Aral)
Qizilqum-FARM - Bunyodkor-FARM - 3:2
Gollar: Ikrom Erkinov 20 (0:1), Alisher Sanoev 27 (1:1), Islom Karimov 55 (1:2), Ilhom Kenjaev 67 (2:2), Asadbek Asadov 75 (3:2)
Chig'atoy - Lokomotiv-BFK - 3:1
Gollar: Asror Qulahmedov 13 (0:1), Sarvar Sharipov 30 pen (1:1), Muhammadyusuf Habibullaev 54 (2:1), Abdujabbor Zuhriddinov 74 (3:1)
Chetlatish: Shahboz Azimov 60 ikkinchi sariq (Lokomotiv-BFK)




