Birinchi liga yakuni. Barchasi “Oq-tepa” haqida

18 noya 2013, 16:44
Ushbu jamoa birinchi liganing doimiy ishtirokchilaridan biridir.

Rivojlanish dasturini bosqichma-bosqich o'tkazayotgan “Oq-tepa” avvalo oliy ligaga chiqishdan oldin, poydevorni mustahkamlab olishga e'tibor qaratmoqda.
Shuning uchun ham jamoa o'z oldiga elitaga chiqishni vazifa qilib  qo'ymayapti.

Aytishlaricha katta extimol bilan keyingi yildan jamoa kuchlilar safiga chiqish uchun kurashmoqchi.

Toshkent jamoasi bu yil ikki xil bosqichni boshdan o'tkazdi. Avvaliga birinchi bosqichda Aleksandr Tokov shogirdlarining qayd etgan natijasi chakki bo'lmadi.

Ammo ikkinchi bosqichga kelib esa, negadir. Jamoa o'yinida pasayish yuz bergandek tuyuldi. Balki bu jamoaga “g'arb” mintaqasidagi klublar bilan raqobatlashish qiyin kechgandir.

Chempionatning so'nggi turida “Oq-tepa” birinchi ligaga befarq bo'lmagan barchani ajablantirdi. Chunki jamoa mavsumning so'nggi o'yiniga, aniqrog'i safarda Buxoroning “Spartak” klubi o'ynashni istamadi va ortiqa harajat qilishni maqul topmadi va texnik mag'lubiyatga rozilik bildirdi. Aks xolda jamoa reglamentni buzmasdan. Buxoroga safar uyushtirgan bo'lardi.   

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

(pen)

Maruf Ahmadjonov

9

Zokir Mirzaahmedov

4

(1)

Rafael Abdurahmonov

3

Nikita Pavlenko

2

Xislat Usmonov

2

Bobur Abdurahmonov

1

Farruh Zikryoev

1

Jamoa statistikasi

O'yinlar

15

Urilgan barcha gollar

22

Uyda

16 (72,73%)

Safarda

6 (27,27%)

O'tkazib yuborilgan gollar

27

Uyda o'tkazilgan gollar

9 (33,33%)

Safarda o'tkazilgan gollar

18 (66,67%)

Har bir o'yinda urilgan o'rtacha gollar

1,47

Har bir o'yinda o'tkazilgan o'rtacha gollar

1,8

Uydagi ochkolar

16/24 (66,67 %)

Safardagi ochkolar

3/21 (14,29 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 - Registon

Eng yirik mag'lubiyat

1:5 - Xorazm, Mashal

Gol o'tkazilmagan o'yinlar

2 (13,33%)

Golsiz o'yinlar

2 (13,33%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

31 (2,07)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

1 (0,07) - 0/1

Muxlislar (umumiy/o'rtacha)

7214/481

Islombek Rustambekov


Manba: championat.asia