Klub vakili To'lqinjon Otavalievning bergan ma'lumotiga ko'ra, jamoa a'zolari 23 yanvar kuni Uychidagi Paxtakor stadionida yig'iladi va bir mahaldan mashg'ulotlar o'tkazila boshlaydi.
Klub qarorgohida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. U yerdagi ishlar yakuniga etgach futbolchilarning bazada istiqomat qilishi yo'lga qo'yiladi. Bosh murabbiy sifatida Mehmon Solixo'jaev faoliyat yuritadigan bo'ldi. Muxlislar yaxshi bilsa kerak, ushbu mutaxassis bir necha yil Kosonsoy jamoasini boshqargan. Asosan yoshlar bilan ishlab ularni yetishtirishga intiladigan murabbiy Uychi tumanida bu yil kurashchan jamoa shakllantirish niyatida. Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida yig'in boshlangach yana batafsil ma'lumot beramiz.