Birinchi liga. “Orol” ikkinchi davrada o'ynamasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 14:51
Birinchi liga bahslarida ishtirok etayotgan Nukusning “Orol” jamoasi 15 sentyabr kungi o'yindan so'ng o'z faoliyatini to'xtatishi mumkin.
Bizga ma'lum bo'lishicha, ayni paytda “Orol” bir qator moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolgan va shu bois jamoa ikkinchi davrada o'ynamoqchi emas.

Hozirda nukusliklar o'tkazilgan ettita bahsning faqat bittasida durang qayd etib, qolgan olti bellashuvda mag'lubiyatga uchrashdi. Birinchilikning ikkinchi bosqichi boshlanganidan beri jamoa hali birorta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Bunga esa birinchi navbatda moliyaviy muammolar sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Natijada jamoa ikkinchi davrada ishtirok etmaslikni maqul ko'ryapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia