Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Ligani tark etgan “Lokomotiv-BFK” haqida

Aslanov Jasurbek
17 noya 2015, 15:33
“Temiryo'lchilar” ikkinchi bosqichni juda bo'sh o'tkazdi. Jamoa atiga 2ta o'yindagina g'alaba qozondi xolos.

Natijada qimmatli ochkolar boy berilgach, autsayderga aylanib qoldi. Lekin “Lokomotiv-BFK” ikkinchi bosqichda “Oq-tepa”ni mag'lub etgani katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Shuningdek o'z uyida “Kosonsoy”ni ham tiz cho'ktira oldi.

Jamoa ustozi Sunnatullo Abdurasulov ham birinchi ligada endi-endi mustaqil ravishda ishlamoqda. Joriy mavsum iqtidorli murabbiy asosan yoshlar ishtirokida kurashchan jamoa shakllantirishga urindi. Ammo yosh futbolchilarga ko'pincha tajriba yetishmasligi pand berdi. Mavsumni 15-o'rinda yakunlagan “temiryo'lchilar” ligani tark etdi. Endilikda kelgusi mavsum ular yana o'z joyiga qaytish uchun astoydil urinib ko'rsa ajab emas.

Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.  

O'yinlar

16

Umumiy gollar

19

Uyda

10 (52,63%)

Safarda

9 (47,37%)

O'tkazib yuborilgan gollar

41

Uyda

22 (53,66%)

Safarda

19 (46,34%)

Urilgan o'rtacha gollar

1,19

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

2,56

Uydagi ochkolar

6/24 (25 %)

Safardagi ochkolar

4/24 (16,67 %)

Eng yirik g'alaba

3:1 – “Kosonsoy”

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “Oq-tepa”, NBU-Osiyo”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

0 (0%)

Golsiz o'yinlar

6 (37,5%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

3

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

5

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

33 (2,06)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK

0 (0) - 0/0

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

5943/371

“Lokomotiv-BFK” futbolchilari ikkinchi bosqich o'yinlarida jami 19ta to'p kiritdi. Har bir o'yinga o'rtacha 1tadan gol demakdir. Jamoa safida Hayotbek Sotvoldiev to'purarligi bilan ajralib turdi.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

Pen.

Hayotbek Sotvoldiev

4

Murod To'ychiboev

3

Sunnat Saidov

3

Fotix Vosiqov

3

Vohid Xolboev

3

(1)

Vladislav Pavlovskiy

1

Shoxruh Murotov

1

Shoxruh Rajabov

1

Islombek Rustambekov tayyorladi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia