Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. “Kosonsoy” haqida

Narzulla Saydullayev
28 noya 2015, 11:12
Kosonsoyliklar bu yilgi chempionatda 11-o'rin bilan kifoyalandi. Ushbu jamoa ham asosan mahalliy futbolchilar xizmatidan foydalanib keladi.

Bu yil ham moddiy jihatdan biroz qiynalgandek tuyuldi. Bunday deyishimizning boisi jamoa 12-turdan o'rin olgan “Orol”ga qarshi bahsga bora olmadi. Natijada PFL tomonidan moddiy jarimaga tortildi va texnik mag'lubiyatga uchradi.

Mehmon Solixo'jaev boshqaruvidagi jamoaning asosiy maqsadlaridan biri eng avvalo  viloyatning bosh jamoasi bo'lmish “Navbahor”ga munosib futbolchilarni etkazib berishdir. Buni joriy mavsum ular Davron Isoqov misolida isbotladi. Birinchi bosqichda to'purarlik mahoratini namoyish etgan hujumchi davralar oralig'ida “lochinlar” tarkibidan o'rin oldi. Ammo keyinchalik boshqa futbolchi oliy ligaga o'tmadi. “Kosonsoy”ning eng yirik hisobdagi mag'lubiyati o'z maydonida “Zomin”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida qayd etildi - 0:6. Lekin shunday bo'lsada asosiysi jamoa ligada o'z o'rnini saqlab qoldi.



Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.  

O'yinlar

16

Umumiy gollar

24

Uyda

20 (83,33%)

Safarda

4 (16,67%)

O'tkazib yuborilgan gollar

32

Uyda

16 (50%)

Safarda

16 (50%)

Urilgan o'rtacha gollar

1,6

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

2,13

Uydagi ochkolar

15/24 (62,5 %)

Safardagi ochkolar

2/21 (9,52 %)

Eng yirik g'alaba

5:1 – “Orol”“G'ijduvon”

Eng yirik mag'lubiyat

0:6 – “Zomin”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

0 (0%)

Golsiz o'yinlar

5 (33,33%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

3

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

33 (2,2)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK  

4 (0,27) - 2/2

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

13528/902

Yuqorida aytib o'tganimizdek “Kosonsoy” safida eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Davron Isoqov bo'ldi. 26 yoshli hujumchi birinchi bosqichning o'zidayoq 15ta gol urishga erishdi. Ikkinchi bosqichda uning natijasini takrorlash jamoada hech kimga nasib etmadi.  “Kosonsoy”ning ikkinchi bosqichdagi to'purari esa Abdurazzoq Jo'raev bo'ldi – 7ta gol. Ushbu futbolchi birinchi bosqichni “Xotira-79” tarkibida o'tkazib, u yerda 4ta gol urgandi.


 
Kim qancha gol urdi?
 

Futbolchi

Gol    

Pen.

Abdurazzoq Jo'raev

7

Anvar Xojimirzaev

6

Sardor Sotvoldiev

4

Bobur Mamajonov

2

Farruh Abdurahimov       

2

Abbos Hulomov

1

Mirjamol Jamolov

1

Fozil Dehqonov

1

Islombek Rustambekov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia