Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Bu yil ham 6-o'rinni olgan “NBU-Osiyo”

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015, 12:00
“Bankirlar” o'tgan mavsumni 6-o'rinda tugatgandi. E'tiborlisi bu yil ham yana 6-o'rindan joy oldi.

Rufat Akramxo'jaev boshqaruvni o'z qo'liga olgach, cho'chimasdan bir qator yoshlarni asosiy tarkibga jalb etdi. Natijada yangi nomlar chiqa boshladi. Abbos Po'latov, Mirshohid Olimov, Ahmadillo Nazarov, Orif Abdug'aniev, Sarvar Safarov hamda Muhammadjon Sultonov kabi iqtidorli futbolchilarning ayrimlari bu yil OTJ murabbiylarini  nazariga tushdi.
Bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelayotgan Rustam Oripov ham yoshlar bilan ishlash hadisini olganlardan ekanligini aytish lozim. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda oliy ligada o'ynayotgan Ikrom Aliboev, Quvondiq Ro'ziev va Xurshid Muxtorovning millionlar o'yinidagi ilk ustozi aynan Oripov sanaladi.

“NBU-Osiyo”ning bu yilgi ishtirokini ijobiy baholash mumkin. Jamoaning oldiga elitaga chiqish vazifasi qo'yilmasada, lekin ko'plab futbolchilar uchun oliy ligaga o'tish uchun o'ziga xos ko'prik vazifasini o'tab berib kelmoqda. 



Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

16

Umumiy gollar

33

Uyda

22 (66,67%)

Safarda

11 (33,33%)

O'tkazib yuborilgan gollar

17

Uyda

10 (58,82%)

Safarda

7 (41,18%)

Urilgan o'rtacha gollar

2,06

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

1,06

Uydagi ochkolar

19/24 (79,17 %)

Safardagi ochkolar

12/24 (50 %)

Eng yirik g'alaba

6:2 – “G'ijduvon”

Eng yirik mag'lubiyat

1:3 – “Zomin”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

4 (25%)

Golsiz o'yinlar

3 (18,75%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

3

Yirik mag'lubiyat

0

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

42 (2,62)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK   

2 (0,12) - 1/1

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

5929/371

“NBU-Osiyo” futbolchilari ikkinchi bosqichda raqiblari darvozasiga jami 16ta to'p kiritdi. Har bir o'yinga o'rtacha 2tadan gol demakdir. Jamoa safida mavsum to'purari Olim Navkarov bo'ldi. Taniqli futbolchi og'ir jaroxatlarni boshidan o'tkazgan bo'lishiga qaramay, hamon butsalarini mixga ilishga shoshilayotgani yo'q. Navkarov ikkinchi bosqichda 12ta to'p kiritgan bo'lsa, uning mavsum davomidagi umumiy gollari soni 18tani tashkil etdi. Ajab emas Olimni kelasi yil yana oliy ligada ko'rsak.


 
Kim qancha gol urdi?
 

Futbolchi

Gol   

Pen.

Olim Navkarov

12

(1)

Muzaffar Umurzoqov

6

(4)

Muhammadjon Sultonov   

4


Leonid Koshelev

3


Ulug'bek Boqiev

3


Ahmadillo Nazarov

2


Saidislom Sotvoldiev

2


Eldor Choriev

1


 

Islombek Rustambekov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia