Birinchi liga. Buxoroning “Spartak” jamoasi haqida

Narzulla Saydullayev
11 avg 2014, 14:33
O'tgan yili birinchi ligada garchi ilk mavsumi bo'lishiga qaramay, yetakchilarga qarshilik ko'rsata olgan Buxoroning “Spartak” jamoasi bu yil sira ham o'ziga o'xshamadi.
O'tgan mavsum jamoa safida bir nechta yoshlar kashf etilgan. Islombek Isoqjonov, Firdavs Asadov kabi yoshlar o'zlarining to'purarlik mahoratini namoyish etib, bugungi kunda oliy liga jamoalariga o'ynayotganini ko'rmoqdamiz. Shuningdek “Spartak”ni o'tgan yili taniqli murabbiy Usmon Toshev boshqargandi. Biroq negadir rahbariyat Toshev bilan hamkorlik qilishni to'xtatdi va mahalliy murabbiy Sulaymon Rahmatovga ishonch bildirildi.

Jamoa bu yil moliyaviy jihatdan ham qiynalgani bor gap. Ushbu omil ham “Spartak”ning ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishiga to'sqinlik qildi deyish mumkin. Jamoa birinchi bosqichda 19ta o'yinda maydonga tushdi. Bitta uchrashuvda texnik g'alabaga erishgan bo'lsa, qolgan ikki bahsga esa “Spartak”ning o'zi borishni istamagan. Shu tariqa jamoa birinchi bosqichdayoq ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi. Endi kuzda pulka bahslarida qatnashadimi yo'qmi bu borada hozirdan bir nima deyish qiyin.   

Jamoa tarkibida o'ynagan eng yoshi katta futbolchi darvozabon Furqat Rahmonov bo'ldi, 28 yosh. Aksincha eng yoshi Muhammadali Yo'ldoshev, 19 yosh.
 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Umid Jumaev

5

(1)

Ravshan Yangiev

4

Narimon Hasanov

4

(1)

Sardor Sulaymonov

4

(1)

Mirislom Hasanov

3

Doston Shabanov

1

Komil Samiev

1

Suhrob Fazliddinov

1

Umidjon Xudoyberdiev

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

19

Gollar

25

Uyda

16 (64%)

Safarda

9 (36%)

O'tkazib yuborilgan gollar

37

Uyda

13 (35,14%)

Safarda

24 (64,86%)

O'rtacha urilgan gollar

1,32

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,95

Uydagi ochkolar

17/33 (51,52 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

6/24 (25 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 – “Registon”

Eng yirik mag'lubiyat

1:5 – “Mashal 2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

5 (26,32%)

Gol ura olmagan o'yinlar

5 (26,32%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

6

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

36 (1,89)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

1 (0,05) - 0/1

Muxlislar (jami/o'rtacha)

15601/821


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia