Birinchi liga. 24-tur yakunlandi

Iskandarov Abdulaziz
23 okt 2022, 19:15
22-23 oktyabr kunlari Birinchi ligada 24-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Yuqori uchlik g'alaba qozondi

Turning yuqorida turgan jamoalar muvaffaqiyatli yakunlay oldi. “Navbahor-FARM”  o'z maydonida “Qumqo'rg'on-1977”ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bahsda Rashid G'ofurov shogirdlari 4:1 hisobida g'alaba qozonib, peshqadamligini mustahkamladi. 

“Aral” esa texnik g'alabaga erishdi. Oltiariqning “Do'stlik” klubi moliyaviy muammolar tufayli Nukusga tashrif buyurmadi. Natijada, Nemattilo Qutiboev jamoasiga uch ochko taqdim etildi. 

“Paxtakor-79” esa “Yunired” bilan kechgan bahsda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi, - 2:1. “Andijon II” esa derbida “Shahrixonchi”dan ustun keldi. Shu tariqa, ular 4-o'ringa ko'tarilib oldi. 

24-tur natijalari

“Navbahor-FARM” – “Qumqo'rg'on-1977” – 4:1

Gollar: Asilbek Orifjonov, 21 (1:0), Javohir Husanov, 42 (2:0), Asadbek Zokirjonov, 48 (3:0), Shahboz Hasanov, 68 (3:1), Aziz Hakimbekov, 73 (4:1)

“Paxtakor-79” – “Yunired” – 2:1

Gollar: Elyor Usmonov, 42 pen (1:0), Sardor Abdug'afurov, 49 (1:1), Julius Anani, 53 (2:1)

“Chig'atoy” – “Nasaf-FARM” – 1:3

Gollar: Abror Sarimsoqov, 22 (0:1), Mustafo Abdumannopov, 26 (1:1), Javohir Shodmonov, 60 (1:2), Abror Sarimsoqov, 74 (1:3)

“Qizilqum-FARM” – “Lokomotiv-BFK” – 3:0

Gollar: Alisher Sanoev, 20 (1:0), Abduvosidxon Abdurashidov, 35 pen (2:0), Ilhom Kenjaev, 53 (3:0). 

“Bunyodkor-FARM” – “Do'stdik-Toshkent” – 0:1

Gol: Sardor Asatillaev, 3 (0:1)

“Andijon II” – “Shahrixonchi” – 2:1

Gollar: Aziz Usmonov, 28 (1:0), Dilmurod Abduqaxxorov, 70 (2:0), Mirjamol Ne'matov, 75 (2:1)

“Aral” – “Do'stlik-Oltiariq” +:-


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia