Bir o'yinda 4 penalti belgilagan hakam bir umrga futboldan chetlatildi

Mirjalol Normatov
27 dek 2019, 20:41
Marokashlik hakam Xisham Tiazi futboldagi faoliyatidan chetlatildi.

44 yoshli arbitr Xuribgning "Olimpik" hamda Berreshidning "Yusuffiya" jamoalari ishtirokidagi bahsdagi xatolari tufayli shu tarzda jazolandi.

"Olimpik" (4:1) g'alabaga erishgan uchrashuvda hakam 4 bora penalti belgiladi - 3tasi "Olimpik", biri "Yusuffiya" foydasiga.

2014 yilda Tiazi shunday xatolari uchun 3 oylik diskvalifikaciyaga uchragandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telquel.ma