Bir guruh futbol muxlislari "Neftchi"ga minnatdorchilik xati yo'llashdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013, 11:53
Kuni kecha “Neftchi PFK” ofisiga Farg'ona viloyati Bog'dod tumanida istiqomat qiluvchi “Neftchi”ning bir guruh futbol muxlislaridan minnatdorchilik xati keldi. Mazkur xatda shunday so'zlar bitilgan.
- Assalomu alaykum “Neftchi” futbol jamoasining mehnatsevar, muxlissevar hamda jonkuyar rahbarlari. Sizlarni viloyatimiz shani bo'lmish “Neftchi”ning taqdiri, kelajagi haqida jon kuydirib, olib borilayotgan oqilona siyosatlaringiz barchamizni mamnun etmoqda. Tan olib aytish lozim, “Neftchi” jamoasi tarixida shu davrga qadar davralar oralig'ida jamoani kuchaytirish uchun bunday katta islohotlar, o'zgarishlar sodir etilmagan edi. Biz klubning ashaddiy muxlislari sifatida 70 km masofani bosib o'tib, hech bir o'yinni o'tkazib yubormay bevosita stadionda tomosha qilib boramiz. Klub raisining muxlislar uchun matbuot orqali bildirayotgan fikrlari, jonajon jamoamiz uchun jon kuydirayotganidan barchamizning boshimiz osmonga etdi. Sizdek jonkuyar rahbar bor ekan, “Neftchi”ning shonli tarixi yana takrorlanadi hamda viloyatimiz ko'chalari baramlarga o'lanadi.  Sizlarning aniq maqsad sari tuzgan rejalaringiz amalga oshishini Ollohdan so'raymiz va biz muxlislaringiz sizlarning doimo qo'llab-quvvatlaymiz.  Olg'a “Neftchi”.

Sizlarga chuqur ehtirom bilan “Neftchi” jamoasining bir guruh ashaddiy muxlislari:
Q. Nasriddinov
B. Haydarov
F. Mirzakarimov
I. Mamatov
M. Ermatov
SH. Dehqonov
B. Umarov
R. Haydarov
O'. Mamatqulov
 I. Ahmadjonov
 A. Nasriddinov
 M. Mahkamov
 B. Qo'chqorov
 D. Egamov
 U. Xolmatov
 SH. Qahhorjonov
 E. Asqarov
 SH. Muxlmov
 D. Hojimatov
 D. Abdullaev
 X. Ergashev
 M. Yo'lbarsov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz