

“Lokomotiv” ushbu mavsum oliy ligada eng ko'p yirik hisobda (6 marta) g'alaba qozongan jamoa bo'ldi. “Temiryo'lchilar” “So'g'diyona”ni 7:0 hisobida mag'lub etgan bo'lishsa, “Navbahor”ni 5:1, “Olmaliq”ni 4:1 “Sho'rtan”ni uyda 4:1, safarda 4:0 va “Bunyodkor”ni 3:0 hisobida tor-mor keltirishdi.
Shu tariqa “Loko” 6 marta o'z raqiblaridan yirik hisobda ustun keldi. Bu borada ikkinchi o'rin “Paxtakor”ga (5 marta), uchinchi o'rin esa “Bunyodkor”ga (4 marta) tegishli.



