Bilasizmi? Ismoilovning mashinasi shaxsiy emas

Narzulla Saydullayev
2 sen 2014, 17:16
Oxirgi paytlarda Neftchi ustozi Murod Ismoilov tomon tanqidlar juda ko'p va xo'p bo'lmoqda.
Ayrim muxlislar unga klub tomonidan mavsum boshida "Jentra" rusumli avtomashina berilgani haqida fikrlar bildirdi. Bu gap murabbiyning o'ziga ham yetib borgan ko'rinadi. Yaqinda, aniqrog'i "Neftchi" - "Nasaf" bahsidan keyin Ismoilov shunga ham oydinlik kiritib o'tdi. Murod Muzaffarovichning aytishicha, ushbu "Jentra" unga ko'tarma puli tariqasida yoki qandaydir rag'bat sifatida berilmagan. Shunchaki ish xizmati uchun berilgan. Buni tushunsa bo'ladi. Sababi har bir klubda rahbariyat va bosh murabbiyga xizmat mashinasi ajratiladi. Boz ustiga "Neftchi"dek o'z tarixiga ega bo'lgan klubda, bosh murabbiy va klub raisiga xizmat mashinalari ajratilishini oddiy xol sifatida qabul qilish mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia