

"Bu bahsni xuddi uyimizda o'tkazgandek bo'ldik. Muxlislarimiz - jahondagi eng yaxshi ishqibozlar va ular bizni uchrashuvning oxirigacha qo'llab turishdi. Biz esa ularga bayram uchun sabab taqdim etdik.
Golim ajoyib chiqdi. Bu mamlakatimiz uchun tarixiy voqea. Asosiysi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.
Xal Robson-Kanu juda zo'r o'ynadi. Himoyachilar unga halaqit qilishdi, ammo Xal gol urishga muvaffaq bo'ldi. Har birimiz bu g'alabaning bir qismimiz. Kurashishda davom etamiz" - deydi Beyl.



