“Betis” uch yildan buyon “Santyago Bernabeuda” gol o'tkazmayapti

3 noya 2019, 08:05
La Liganing 12-turida “Real” o'z maydonida “Betis” (0:0) bilan nursiz durangga imzo chekdi.

O'tgan mavsumda qirollik klubi o'z maydonida “Betis”ga (0:2) imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 2017/18 yilgi mavsumda ham “Betis” darvozasini ishg'ol eta olmagandi -0:1.

Shu tariqa “Betis” La Liga tarixida ilk marta “Santyago Bernabeu”da qatorasiga uch mavsumdan buyon gol o'tkazmayotgan yagona klubga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Jose