"Bernli" "Borussiya Dortmund"dan Kulibalini ijaraga olmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
10 iyul 2023
Bu haqida mashhur insayder Fabricio Romano xabar berdi.

"Bernli" "Borussiya"dan himoyachi Kulibali Sumolyani ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Ma'lumotga qaraganda, kelishuv 15 mln funt evaziga sotib olish majburiyati bilan 1 yillik ijara ko'rinishida imzolanadi.

19 yoshli francuz o'tgan mavsum "arilar" safida Bundesliga va Chempionlar Ligasida 1 tadan o'yinda ishtirok etdi. Shuningdek, "Borussiya-2" safida Uchinchi ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо