Bernardu jamoadoshini "shokoladli odam"ga o'xshatgani uchun jarimaga tortildi

13 noya 2019, 20:10
"Manchester Siti" a'zosi Bernardu Silva aybdor deb topildi.

Angliya Futbol Assosiaciyasi uning qilmishini ko'rib chiqdi va jazoladi. Gap shundaki, Bernaru hazil tariqasida jamoadoshi Bendjamin Mendini Ispaniyaning shokolad fabrikasi talismaniga taqqosladi. Mendi esa buni to'g'ri hazil misolida tushundi.

 Ammo, ushbu tvit ustidan tvitter foydalanuvchilaridan biri shikoyat qilgan va bu AFAning e'tiboridan chetda qolgani yo'q. Natijada, Bernardu bitta o'yinga chetlashtirildi va 50 ming funt jarima to'lab berishi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: thefa.com