Bernardeski "Milan" yoki "Inter"ga o'tmoqchi

Alisher
27 may 2022, 17:17
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski faoliyatini "Milan" yoki "Inter"da davom ettirishni xohlaydi, ammo haqiqatga yaqin variant "Napoli" bo'lib turibdi.

O'yinchining "Yuventus" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va Turin klubi uni uzaytirish borasida muzokara olib bormayapti.

Bernardeskining o'zi kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashni xohlashini aytdi.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport