Benzema PSJga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 23:10
"Real" hujumchisi Karim Benzema YCHLning 1/8 finali doirasida PSJga qarshi dastlabki o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi son qismidan olgan jarohatini davolash bilan band va shu boisdan individual tarzda ishlamoqda.

Shu sababli uning 12 fevral kungi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi aniq bo'lib ulgurgan.

Benzema ushbu mavsumda 28 o'yinda 24 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca