Benzema ilk bor "Santyago Bernabeu"da "Atletiko" darvozasini ishg'ol qildi

2 fev 2020, 00:31
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema La Liga 22-turi doirasidagi "Atletiko"ga(1:0) qarshi o'yinda g'alaba goliga mualliflik qildi.

Bu gol fransiyalik hujumchi uchun "Santyago Bernabeu"da "Atletiko" darvozasiga kiritilgan birinchisi bo'ldi. Takidlash lozimki, 32 yoshli forvard "Real"ning uy stadionida "matraschilar"ga qarshi 16 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 34 marta zarba yo'llagandi. 

Shuningdek, Benzema bugun La Ligada 5 o'yindan iborat golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito