Benteke qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
12 okt 2018
“Kristal Pelas” hujumchisi Kristian Benteke tizzasidan olgan jarohati tufayli davolanish bilan band.

Klub rasmiy saytining habar berishicha, operaciya muvaffaqiyatli tugagan va futbolchini tezroq sog'ayib maydonga qaytishini barcha ashaddiy muhlislar sabrsizlik bilan kutmoqda. Jamoa ustozi Roy Xojson Benteke yangi yilgacha uchrashuvlarda qatnasha olmasligini tasdiqladi.

Belgiyalik forvard “burgutlar” tarkibida ushbu mavsumda 4 marotaba maydonga tushdi. Lekin birorta gol ura olmadi. Ayni damda “Kristal Pelas” APLda  7 ochko jamg'argan holda, 14-o'rinni band etib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal