Benites va Nunu Eshpiritu Santu "Vest Xem" bosh murabbiyligiga da'vogar

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2023, 13:25
Rafael Benites va Nunu Eshpiritu Santu "Vest Xem" bosh murabbiyi lavozimiga nomzod, deb xabar berdi "The Telegraph".

Manbaga ko'ra, "bolg'achilar" rahbariyati Devid Moyes iste'foga chiqarilgan taqdirda bu mutaxassislardan biri bilan shartnoma imzolashni kutmoqda.

15 yanvar kuni 59 yoshli Moyes jamoadagi yomon natijalar tufayli tez orada istefoga chiqarilishi mumkinligi xabar qilingandi. "Vest Xem" 19 turdan keyin 15 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 20-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph