Benites: "Manchester Siti" "Real" haqida bosh qotirayotganidan foydalanib qolmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 10:27
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning qoldirilgan 27-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti" safida professionallar o'ynaydi, ular g'alaba qozonishga intiladi, ammo shu bilan birga Chempionlar ligasi ham hayoldan ketmasa kerak, chunki hech bir futbolchi CHL yarim finalidan oldin jarohat olishni istamaydi. "Manchester Siti" "Real" haqida bosh qotirayotganidan foydalanib qolmoqchimiz. Agar ikl daqiqalardan uchrashuv oxirigacha bor kuchimiz bilan harakat qilsak, har qanday raqibni mag'lub etish mumkin" - deydi Benites.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal