"Benfika" murabbiyi: Jamoam "Barsa"ga o'xshashini istamayman, ularda hech narsa yo'q

30 okt 2020, 21:37
"Benfika" bosh murabbiyi Jorje Jezushga uning jamoasini "Barselona" bilan taqqoslashlari yoqmadi.

"Standard" klubi yarim himoyachisi Mexdi Karsela-Gonsales portugallar bilan o'yindan keyin "Benfika" Picci va Taarabt bilan "Barselona"ga o'xshaydi", degandi.

Biroz avval Jezush bunga javob qaytardi:

"Benfika" hozirgi "Barsa"ga o'xshaydi, deb aytmagan bo'lardim. Buni xohlamayman ham. 

Bir necha yil oldingi "Barsa"ga bo'lishi mumkin. Bugungi jamoada hech garsa yo'q. Hozirgi "Barselona"ga o'xshab qolishimizni istamayman".

O'xshash yangiliklar


Manba: As