Ben-Yedder: "Fransiya terma jamoasiga chaqirilganimni eshitganimda, etim jimirlab ketdi"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2018, 12:05
"Sevilya" hujumchisi Vissam Ben-Yedder 5 yildan so'ng Fransiya terma jamoasidan olgan chaqiruvi haqida gapirib berdi.

"Meni terma jamoaga qachon chaqirishganiga qaramayman, biroq bu vaqt ichida nima qilganimga e'tibor beraman. Ko'p ishladim va meni 2,5 yoki 10 yil o'tib terma jamoaga chaqirishlari mumkin edi.

Fransiya terma jamoasiga chaqirilganlar orasida ismimni eshitib, juda xursand bo'ldim. Bu men uchun muhim edi, yaqinlarim juda mamnun edi. Etim jimirlab ketdi" - deydi Ben-Yedder.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe