"Monako" "Chelsi" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
31 may 2024
Monegasklar Vissam Ben-Yedder o'rniga Armando Broya variantini ko'rib chiqmoqda.

Fransiya chempionatining "Monako" klubi Angliyaning "Chelsi" jamoasi hujumchisi Armando Broyaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda VVS.

Xabar qilinishicha, monegasklar 22 yoshli Broyani jamoani tark etgan Vissam Ben-Yedderga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. 

Armando Broya mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazdi va u yerda 27 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ВВС