Ben Arfa: “Arsenal” bilan o'yinda endi “Renn” favoritga aylandi
8 mar 2019, 08:51
“Renn” yarim himoyachisi “Arsenal” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yindan oldin “Renn” favorit emasdi. Endi 3:1 hisobidan keyin esa biz favoritga aylandik. Kimdir buning teskarisini aytishi mumkin, ammo men favoritlarmiz deyman. Londonga 1/4 finalga chiqish uchun boramiz”,-deydi Ben Arfa.